logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Korrupsiya uchun javobgarlik normalariga bag‘ishlangan o‘quv treningi

15.03.2024
1447

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiya uchun javobgarlik” mavzusida o‘quv-treningi bo‘lib o‘tdi. Treningni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i v.v.b. Xudayberdi Tursunbekov olib bordi.

O‘quv treningi dasturidan korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatli organlarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortishga oid vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlik mavzulari joy oldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashga oid normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksidagi tegishli moddalar tahlil qilindi.  

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.