Yangiliklar
Kriptoaktivlar sohasidagi yangiliklar
Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi
18.08.2023
1378
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) muvofiq kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun “T-FIRM” MCHJga litsenziya berildi.
Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.