logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari” mavzuida davra suhbati

15.10.2024
853

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan “O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, banklar, yirik emitent korxonalar, nufuzli tashkilotlar vakillari, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari hamda kapital bozori sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni ochar ekan, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak ta'kidladi: "Qimmatli qog‘ozlar bozorini va umuman kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga qaramay, mamlakatimizda investitsiyalarga sezilarli ichki talab mavjud bo‘lib, bu talab yetarli darajada qondirilmayapti. Bunday holat bozorda investorlar va emitentlarning turli guruhlari uchun jozibador bo‘lgan vositalar va mahsulotlarning etarli emasligi bilan bog‘liq.

Ta’kidlash joizki, Agentlik O‘zbekiston amaliyotiga turli mamlakatlar va iqtisodiyotlarda o‘z samaradorligini isbotlagan qo‘shimcha kapital bozori vositalarini oddiygina joriy etishga intilayotgani yo‘q, balki mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar va kapital bozorini institutsional rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosat olib bormoqda". 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy valyuta obligatsiyalari va xorijiy emitentlarning moliyaviy vositalarining mahalliy fond bozoriga listingi kabi vositalarni joriy etishning mohiyati, ahamiyati va xalqaro tajribasini atroflicha tushuntirish bo‘ldi. Muhokama chog‘ida mazkur tashabbuslarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar, qonunchilikdagi kamchiliklar va infratuzilmaviy talablar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar yangi vositalarni depozit mahsulotlari kabi muqobil “an’anaviy” moliyaviy mahsulotlar bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ldilar.

O'zbekiston kapital bozorini zamonaviy talab va tendensiyalarga muvofiq yanada rivojlantirish, jahon bozoriga integratsiyalashuviga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, shubhasiz, ijobiy natijalar beradi.

Fuqarolarning naqd pul va norasmiy xorijiy investitsiyalar hajmini kamaytirish asosiy jihatlardan biridir. Bu rasmiy aylanmada xo‘jalik mablag‘larining ulushini oshiradi, bu esa, o‘z navbatida, budjetga soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu ichki kapital bozorida tegishli xizmatlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘ladi.