Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi huzurida Kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha Maslahatlashuv kengashi tuzildi

14.09.2023
3538

Direktorning 2023 yil 13 sentabrdagi Buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi huzurida Kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifalari etib kapital bozori sohasidagi tendensiyalar va muammolarni muhokama qilish, kapital bozorining professional ishtirokchilari va vakolatli organ o‘rtasida muloqot o‘rnatishga ko‘maklashish; bu boradagi tashabbuslar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert muhokamasi belgilandi.

Kengash o‘z faoliyatida kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini tahlil qiladi va kapital bozori sohasidagi xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi, qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, yuqori malakali mutaxassislarni konsultant sifatida jalb etish bo‘yicha takliflar kiritadi.