logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Kapital bozori sohasida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimini ta’minlash tartibi joriy etildi

31.01.2024
2251

Kapital bozorini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish, investorlarni kapital bozoriga jalb etishni rag‘batlantirish, chet el investorlari uchun mahalliy fond bozorida qatnashish tartibini soddalashtirish maqsadida Respublikamizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son qarori vazifalarini bajarish maqsadida Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi (ro‘yxat raqami 3493-son, 2024 yil 29 yanvar).

Maxsus huquqiy rejimni joriy etishdan asosiy maqsad xorijiy investorlarning mahalliy kapital bozoriga kirishini osonlashtirishga qaratilgan ilg‘or xorijiy tajribani sinovdan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb etishning yangi shakl va usullarini joriy etishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Misol uchun, Maxsus huquqiy rejim xorijiy nominal saqlovchilar uchun bir qator yengilliklarni yaratadi. YA’ni ular endi O‘zbekiston Respublikasida maxsus litsenziya olish, filial yoki yangi yuridik shaxs tashkil etish hamda ustav kapitalida mahalliy yuridik shaxsning ishtirok etish zaruratidan ozod etiladilar.

Shu bilan birga, ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida xorijiy va milliy valyutada hisob raqamlari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi”da va “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ depozitariy tizimida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlar ochish imkoniyati ham berilgan.

Shuningdek, 38 ta tan olingan xorijiy yurisdiksiyadan (AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya va boshqalar) professional ishtirokchilar Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin.

Ushbu chora-tadbirlarning qabul qilinishi kapital bozorini jadal rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan.