logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

19.09.2023
1904

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik va qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga ham alohida moddalar bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik va qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga yangi kiritilayotgan moddalar bo‘yicha jinoyat ishini tergov qilish ish qo‘zg‘atgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risida qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborildi.