logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

23.07.2024
1489

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik, ILMA) Jahon banki (JB) “Iqtisodiy rivojlanishni samarali boshqarish” Global dasturining EGATE loyixasi ishchi guruhi rahbari Chiu Niu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon banki va O‘zbekistonning elektron tijorat sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston kompaniyalarini “Alibaba.com” saytida qo‘llab-quvvatlash dasturlari, Jahon banki, ILMA va Statistika agentligining elektron tijorat hajmlarini  o‘lchash bo‘yicha hamkorligi, kichik va o‘rta tadbirkorlikni, shuningdek, davlat sektorini global B2B platformalariga ulash, qonunchilikdagi kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistondagi elektron tijorat bozorini tahlil qilish bo‘yicha yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash, ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib oldilar.