Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosida quyosh elektr stansiyasi o‘rnatildi

03.05.2023
2231

O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosida 20 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Mazkur qurilma Agentlik binosini kunduzi elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, ortiqcha elektr energiyasi hududiy elektr tarmoqlariga o‘tkaziladi.

Agentlik binosini o‘zining quyosh fotoelektr qurilmasi bilan jihozlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning topshirig‘i ijrosi yuzasidan muqobil energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanishni yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.