Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Islom moliyasi asoslari bo‘yicha trening

10.07.2024
3573

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Islom moliyasi asoslari” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani falsafa fanlari doktori, Islamic Business and Finance (IsBF) rahbari Jaxongir Imomnazarov o‘qib berdi.

Trening dasturida islom moliya tizimi tushunchasi va rivojlanish bosqichlari, islom moliyasining afzalliklari va asosiy tamoyillari, islom moliyasi tizimidagi taqiqlar, islom tijoriy bitimlarning tasnifi va boshqa mavzular yoritildi.

Xususan, an’anaviy va islom bankchiligi o‘rtasidagi tafovut tahlili o‘tkazilib, islom moliyasi menejmentining mazmun-mohiyati tushuntirildi, islom moliyasi bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi keltirib o‘tildi.

Trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachidan javob oldilar va O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.