O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi hamda Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomning (2026-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 3850) 49-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatiga asosan, 2022-yil 28-fevralda “Alkes Research” MCHJga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 1435-son litsenziya 2026-yil 26-avgustdan bekor qilindi.