O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomning (2026-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 3850) 49-bandiga muvofiq, litsenziyalarning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatlar asosida quyidagi tashkilotlarga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar 2026-yil 25-noyabrdan bekor qilindi:
“PRO WATER CONSTRUCTION MANAGEMENT” MCHJ – 2025-yil 2-mayda berilgan 751414-son litsenziya;
“ONLINE BROKER INTERNATIONAL” MCHJ – 2019-yil 25-dekabrda berilgan 1382-son litsenziya;
“LEGACY MANAGEMENT” MCHJ – 2025-yil 10-yanvarda berilgan 563572-son litsenziya;
“CONCERN AIRPROMMASH” MCHJ (oldingi nomi – “KOMPRESSORNIY ZAVOD AIRPROMMASH” MCHJ) – 2025-yil 25-avgustda berilgan 988070-son litsenziya.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining rasmiy veb-saytidagi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari reyestriga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.