logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

INATBA HMO ning IX yig‘ilishi

25.01.2024
1395

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) vakillari Ishonchli blokcheyn-ilovalari xalqaro assotsiatsiyasi – International Association of Trusted Blockchain Applications (INATBA) Hukumat maslahat organi (HMO)ning IX yig‘ilishida ishtirok etdilar.

Kun tartibiga HMOning yangi a’zolari – Buenos-Ayres shahar boshqarmasi va Qatar moliya markazini qabul qilish masalasi, shuningdek, blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirishning keyingi istiqbollari muhokamasi kiritildi.

INATBA HMO – bu ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish va rivojlantirish hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohalarini tartibga soluvchi organlar, davlat organlari va boshqa xalqaro tashkilotlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama muloqot maydoni hisoblanadi. Bugungi kunda AQSH Federal rezerv tizimi, Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Germaniyaning Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirliklari va boshqalar INATBA HMO a’zolari qatoridan joy olganlar.

 

Ma’lumot uchun:

2022 yil oktabr oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi INATBA Direktorlari Kengashining taklifiga binoan HMOning rasmiy a’zosi etib qabul qilindi.

INATBA – bu istiqbolli raqamli texnologiyalarni faol rivojlantirish va joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2019 yilda tashkil etilgan va xalqaro tan olingan tuzilma hisoblanadi.

Agentlikning INATBA HMOga a’zoligi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy davlatlarning tartibga soluvchi organlari va xususiy sektor vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etishga, kripto-aktivlar aylanmasi sohasini huquqiy tartibga solish va ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (“blokcheyn”) texnologiyasini joriy etish sohasida ilg‘or tajriba almashishga xizmat qiladi.