logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

ILMA vakillarining ConFEAS-2024 konferensiyasida ishtiroki

19.04.2024
1510

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ConFEAS-2024 konferensiyasi bu yil “Bozor infratuzilmalari va vositachilarning iqtisodiyotdagi o‘rni” konsepsiyasiga bag‘ishlanadi.

ConFEAS-2024 turli mamlakatlardan 200 ga yaqin ishtirokchilarni - birjalar, markaziy depozitariylar, banklar, tartibga soluvchi tashkilotlar, investitsiya firmalari va xalqaro moliya institutlari vakillarini - zamonaviy kapital bozorlaridagi so‘nggi tendensiyalar, muammolar va imkoniyatlarni muhokama qilish uchun birlashtirdi.

 Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida kapital bozori, birja va bank-moliya sektorini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ularda qimmatli qog‘ozlar bozori hajmini 8 milliard AQSH dollariga yetkazish, pay va venchur fondlari faoliyatini tashkil etish orqali portfel investitsiyalar hajmini ikki barobar oshirish, “xalq IPO”sini o‘tkazish, aholini IPO da ishtirok etishga rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, xorijiy nominal investorlar va kastodian-banklarning mahalliy kapital bozorida ishtirok etishi uchun infratuzilmani yaratish ishlari nazarda tutilgan”, — ta’kidladi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak o‘zining kirish nutqida.

Moliya bozorlari arxitekturasi infratuzilmalari, kapital bozorlarini rivojlantirish tendensiyalari va muammolari, kapital bozorlaridan tashqarida sotiladigan vositalarning tartibga solinadigan bozorlari, moliyaviy vositachilik, uning muammolari va biznes imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan panel muhokamalarida 40 dan ortiq ma’ruzachilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Agentlik vakillari panel sessiya va muhokamalarda so‘zga chiqib, O‘zbekistonda kapital bozorini tartibga solish va kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar.