Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik va O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi

22.02.2024
3539

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va raqamli iqtisodiyotni rivojlanishning asosiy “drayveri”ga aylantirish maqsadida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va raqamli iqtisodiyotni ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish, tovarlar eksporti, xizmatlar hajmini oshirishga va tadbirkorlarning boshqa mamlakatlar bozorlariga kirishiga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.