Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

08.11.2025
117

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 42-bandiga, shuningdek, sug‘urtalovchining ixtiyoriy arizasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022-yil 25-fevraldagi SF seriyali 00035-sonli litsenziyasi 2025-yil 8-noyabr sanasidan boshlab olti oy muddatga to‘xtatildi.

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.