logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

foto

Ko'p beriladigan savollar

6262

KRIPTO-AKTIVLAR HAQIDA NIMALARNI BILISH KERAK?

KRIPTO-AKTIV — ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq.

MA’LUMOTLARNING TAQSIMLANGAN REYESTRI — ma’lumotlarni ixtisoslashtirilgan bloklarda taqsimlovchi texnologiya bo‘lib, bunda har bir yangi blok oldingi blok bilan kriptografik imzo orqali bog‘lanadi.

KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDAGI FAOLIYAT TURLARI

- mayning – hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati.

- kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyati

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi XIZMATLAR PROVAYDERLARI (bundan buyon matnda xizmatlar provayderlari deb yuritiladi) — jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan ularning nomidan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish, ayirboshlash, saqlash, chiqarish, joylashtirish va boshqarish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.

XIZMATLAR PROVAYDERLARI TURLARI:

KRIPTO-BIRJA — kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot;

MAYNING-PUL – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot;

KRIPTO-DEPOZITARIY – kripto-aktivlarni chiqarish, ularni dastlabki joylashtirish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot;

KRIPTO-DO‘KON — kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot.

OXIRGI BENEFITSIAR MULKDOR — xizmatlar provayderini bevosita yoki bilvosita ta’sis etuvchi yoxud uning ustav jamg‘armasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud ushbu shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs.