Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

DUBAY XALQARO MOLIYA MARKAZI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

27.06.2022
2452

2022 yil 24 iyun kuni Agentlik direktori o‘rinbosari D.Maksudov hamda Dubay xalqaro moliya markazi (keyingi o‘rinlarda – DIFC) vakili, Hawkamah korporativ boshqaruv instituti Bosh direktori Dr. Ashraf Gamal El Din bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, kripto-aktivlar jahon bozorini rivojlantirish hamda ushbu sohada ma’lumotlar taqsimlangan reyestri texnologiyasini (“blokcheyn” texnologiyalar) joriy etish va tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Taraflar “blokcheyn” texnologiyasini tadbiq etish bo‘yicha innovatsion yechimlarni sinovdan o‘tkazish, mazkur texnologiyani ishlatilishi amaliyotini o‘rganish lozimligi belgilab o‘tildi.

Bundan tashqari, Agentlik va DIFC o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.