Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Crypto Week Uzbekistan 2024

08.05.2024
3976

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, PraeLegal Uzbekistan va Heemera kompaniyalari hamkorligida 2024 yil 3-6-iyun kunlari “Crypto Week Uzbekistan 2024” haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Har yili o‘tkaziladigan Crypto Week Uzbekistan davlat idoralari, akademik doiralar, biznes vakillari, ekspertlar, kripto- va blokcheyn sanoati faollarini birlashtiradi.

Crypto Week haftaligi doirasida ishtirokchilar chuqur munozaralar, mahorat darslari, innovatsion loyihalar, kripto-sohaning manfaatdor tomonlari bilan aloqa o‘rnatish, yetakchi kripto-kompaniyalarning eksklyuziv taqdimotlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu haftalik tadbirkorlar, investorlar, ishlab chiquvchilar uchun birlashish, bilim almashish va kripto-aktivlar va blokcheynning cheksiz imkoniyatlarini o‘rganish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: https://cryptoweek.uz.