Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Axborot xabari

10.07.2026
31

Diqqat! Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) Telegram messenjerida soxta akkauntlar va botlar orqali fuqarolarning pul mablag‘larini qo‘lga kiritishga qaratilgan firibgarlik sxemasi aniqlanganini ma’lum qiladi.

Xususan,mazkur akkaunt va botlar respublika darajasidagi davlat organlarning, xususan, Markaziy bank, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Agentlik va boshqalar, hamda ushbu organlarning rahbariyati va mansabdor shaxslarning messenjerdagi guyoki rasmiy akkauntlari sifatida yaratilmoqda. Mazkur akkaunt va botlarni yaratishda davlat organing rasmiy ramzlari hamda mansabdor shaxslarning so‘ratlaridan foydalanilmoqda.

Firibgarlar tomonidan Telegram messenjeri foydalanuvchilariga guyoki ular tomonidan muqaddam sodir etilgan noqonuniy operatsiyalari yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligi va ular tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ko‘maklashish zarurligi haqida xabarlar yuborilmoqda.

Shundan so‘ng fuqarolar bilan psixologik ta’sir o‘tkazish orqali ularni Markaziy bankning moliyaviy nazorat bo‘linmasi bilan hamkorlik qilishga undash uchun o‘zini guyoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtiradigan shaxslar bog‘lanmoqda.

Keyinchalik fuqarolardan Markaziy bankning «@MarkaziybankiOZbot» nomli soxta Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tishlarni iltimos qilinmoqda. Ushbu bot orqali ular guyoki o‘zini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtiradigan shaxslar bilan muloqotga yo‘naltirilib, ushbu shaxslar fuqarolarga qalbaqi hujjatlardan foydalangan holda psixologik bosim va turli manipulyatsiyalar o‘tkazish yo‘li bilan ularning nomiga kredit rasmiylashtirishga ko‘ndirish hamda keyinchalik ushbu mablag‘larni o‘zlashtirishni maqsad qiladilar.

Ta’kidlash joizki, muloqotlar faqat Telegram messenjeri orqali hamda anonim telefon raqamlaridan amalga oshirilmoqda.

Agentlik fuqarolardan messenjerlarda muloqot qilishda hushyor bo‘lishni va quyidagi choralarga rioya qilishni qat’iy so‘raydi:
har qanday shubhali xabarlar kelib tushganda, ularni skrinshot yoki fotosuratlar yordamida qayd etish, so‘ngra akkauntlarni bloklash;
🔹shubhali akkauntlardan kelgan fayllarni, ayniqsa “apk”, ochmaslik va havolalarga o‘tmaslik;
🔹anonim va shubhali telefon raqamlaridan keladigan qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik;
🔹messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi davlat organi akkauntining verifikatsiyalanganligini tekshirish, shuningdek, ma’lumotlarni davlat organlarining rasmiy veb-saytlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirish;
🔹tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlarni ilova qilgan holda barcha shubhali xabarlar, qo‘ng‘iroqlar va resurslar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish.

Ta’kidlash joizki, Agentlik xodimlari fuqarolar va tadbirkorlar bilan aloqani faqat rasmiy aloqa kanallari (xizmat telefon raqamlari, rasmiy elektron pochta va pochta jo‘natmalari) orqali amalga oshiradi.