logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

AXBOROT XABARI

05.01.2023
2190

Internetdagi bir-nechta axborot resurslarida (upl.uz, perepost.uz, wow-press.com, dzen.ru, vnews.uz, ainews.kz va b.) 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun kripto-aktivlarni sotish va sotib olish taqiqlanishi haqida ma’lumot berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu ma’lumotni rasman rad etib, uning haqiqatga to‘g‘ri emasligi haqida ma’lum qiladi.

2022 yil 29 dekabr kuni Agentlikning rasmiy veb-saytida 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy xizmatlar provayderlari orqali qonunchilik hujjatlarida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi “d” kichik bandi) belgilangan tartibda amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabar e’lon qilingan edi. Xabarda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya olmagan xorijiy platformalarda kripto-aktivlar bilan har qanday operatsiyalarni amalga oshirish ma’muriy, jinoiy va boshqa turdagi javobgarlik choralarini qo‘llashga majburlovchi qoidabuzarlik ekanligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Agentlik fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillarini yolg‘on ma’lumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda kripto-aktivlar aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy axborot resurslari orqali qayta tekshirishga chaqiradi.