O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan ATB “Universal bank” hamda “Birinchi Banklararo Depozitariy” MCHJ kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ATB “Universal bank” chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarishni, “Birinchi Banklararo Depozitariy” MCHJ esa mazkur obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida investitsiya vositachisi sifatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.