logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik xodimlari Astana Finance Days konferensiyasida ishtirok etmoqdalar

05.09.2024
613

Ostonada “Astana Finance Days 2024” konferensiyasi o‘z ishini boshlandi. Tadbirda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari ishtirok etmoqda.

“Ostona” xalqaro moliya markazi tomonidan tashkil etilgan konferensiya 70 dan ortiq davlatdan 3000 ga yaqin ishtirokchini jamladi: davlat idoralari vakillari, moliya sanoati va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari, investorlar, biznes egalari, yirik xalqaro banklar rahbarlari, xorijiy fond bozorlari va boshqalar.

Konferensiya dasturi Qozog‘istonning makroiqtisodiy istiqbollari va investitsiya imkoniyatlari, kapital bozorlarining mintaqaviy rivojlanishi, aktivlarni boshqarish sanoatining rivojlanish salohiyati, barqaror moliyalashtirishning yangi vositalari, Markaziy Osiyoda past uglerodli rivojlanish va yashil iqtisodiyotning o‘sishi, chakana va korporativ sektorlarda Islom moliyasi kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.

Konferensiya davomida Agentlik xodimlari va Qozog‘iston Respublikasining kapital va sug‘urta bozorlari sohasidagi nazorat organlari vakillari o‘rtasida ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.