Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

E'lonlar

Aktuariy malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risida

1626

Aktuariy malaka sertifikatini olish buyicha to‘rtinchi malaka imtihoni joriy yilning 25 fevral va natijalardan kelib chiqib keyingi bosqichi
26 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Malaka imtihonini o‘tkazish joyi – O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 22-uy).

Bunda:

- 2025 yil 25 fevral kuni test sinovlari soat 10:00 da boshlanadi, 12:15 da tugatiladi;

- 2025 yil 26 fevral kuni test sinovlari natijalariga asoslanib, yozma-og‘zaki imtihon sinovlari soat 10:00 da boshlanadi, 12:15 da tugatiladi.