Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Aktuariy malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risida

16.04.2024
2294

Aktuariy malaka sertifikatini olish buyicha malaka imtihoni Ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichi joriy yilning 1 may kuni, ikkinchi bosqichi esa birinchi bosqich natijalaridan kelib chiqib 2 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Malaka imtihonini o‘tkazish joyi – O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 22-uy).

Malaka imtihoni vaqti:

2024 yil 1 may kuni test sinovlari soat 10:00 da boshlanadi,12:15 da tugatiladi;

2024 yil 2 may kuni test sinovlari natijalariga asoslanib, yozma-og‘zaki imtihon sinovlari soat 14:30 da boshlanadi, 16:45 da tugatiladi.