Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ litsenziyasi 6 oy muddatga to‘xtatildi

09.07.2024
3238

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 42-bandiga, shuningdek, sug‘urtalovchining ixtiyoriy arizasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 21 iyundagi 030526-sonli litsenziyasi 2024 yil 9 iyul sanasidan boshlab 6 oy muddatga to‘xtatildi.

“AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.