Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlikning nazorat bo‘linmalari xodimlari uchun trening

26.02.2026
70

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga muvofiq, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) nazorat bo‘limi xodimlarining mas’uliyati va bilimlarini oshirish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Shu munosabat bilan, Agentlik Biznes-ombudsman idorasi bilan birgalikda tekshiruvlar o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus sertifikatga ega bo‘lgan xodimlar uchun o‘quv kursi tashkil etdi. O‘quv kursidan ko‘zlangan asosiy maqsad Agentlik tomonidan nazorat qilinadigan tadbirkorlik subyektlari tekshiruvi hamda xodimlarning ushbu sohadagi malakasi va ko‘nikmalarini oshirish bo‘ldi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va asossiz tekshiruvlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘quv kursi davomida ishtirokchilar qonun hujjatlariga muvofiq tekshiruvlar o‘tkazish, tadbirkorlarning huquqlariga rioya qilish, vakolatli organlarni xabardor qilish, samarali profilaktika tadbirlarini amalga oshirish va tadbirkorlarning tekshiruvlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan "Yagona davlat nazorati" axborot tizimi haqida batafsil tushuntirishlar oldilar.