logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlikda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

07.12.2023
1486

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmuni va mohiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti sho‘ba mudiri, ishchi guruh tarkibida Konstitutsiya yangi tahririni yaratishda bevosita ishtirok etgan Bahodir Ismoilov olib bordi.

Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston qomusini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash jarayoni bilan bog‘liq tarixiy jihatlar haqida ma’lumotlar berildi. Ma’ruzachi 1992 yilda qabul qilingan mamlakatimiz asosiy qonunining huquqiy xususiyatlari va asoslari, uning davlat va jamiyatning barpo etilishi va rivojlanishida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.