logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlikda hashar o‘tkazildi

24.08.2024
570

Har yili O‘zbekiston mustaqilligi bayrami arafasida ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilish, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holga keltirib, umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish o‘zgacha bir an’anaga aylanib qolgan.

Ushbu xayrli tadbirda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Ular ertalabdan Agentlik binosi hududini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakl berish ishlariga kirishib ketdilar.

Xayriya hashari davomida Agentlik joylashgan bino atrofi tartibga keltirildi, dov-daraxtlar butaldi, gulzorlarni begona o‘tlardan tozalash, qurigan shoxlarini kesish, chiqindi yig‘ish va olib chiqish ishlari amalga oshirildi.