Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik xodimlari FATFning Virtual aktivlar bo‘yicha kontakt guruhining simpoziumida ishtirok etdilar

05.12.2023
2607

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari FATFning Virtual aktivlar bo‘yicha kontakt guruhining simpoziumida ishtirok etdilar.

Simpoziumda FATFning 2022 va 2023 yillar uchun o‘zaro baholash hisobotlarida belgilangan 15-Tavsiyani amalga oshirishdagi kamchiliklar, xususan virtual aktivlar va virtual aktivlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan yuzaga keladigan xavflarni baholash, virtual aktivlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni identifikatsiyalash, litsenziyalash, ro‘yxatdan o‘tkazish, nazorat qilish va qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, virtual aktivlar sektorini tartibga solish, FATF yo‘l qoidasi implementatsiyasining o‘ziga xos jihatlari va texnik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.