O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Kursiv munozara klubining “O‘zbekistonda kapital bozori: xavflar va imkoniyatlar” konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari so‘zga chiqdi.
Anjumanning panel muhokamalarida boshqarmalar va nazorat qiluvchi tashkilotlar rahbarlari, brokerlik kompaniyalari va banklarning top-menejmentlari, shuningdek, xalqaro taraqqiyot institutlari va ekspert hamjamiyatlari vakillari ishtirok etdilar.
Muhokamalar doirasida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari –yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘z faoliyatiga investitsiyalarni jalb qilish uchun kripto-aktivlardan foydalanishda innovatsion yondashuvdan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil so‘zlab berdi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi hamda tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.
Idoraviy mansub tashkilotlar