logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari MOMIH tashkiloti kapital bozorini tartibga soluvchilarning ikkinchi forumida ishtirok etmoqda

31.10.2023
1717

Olmaota (Qozog‘iston) shahrida MOMIH tashkiloti kapital bozorini tartibga soluvchilarning ikkinchi forumi bugun o‘z ishini boshladi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari ishtirok etmoqda.

Forum o‘z oldiga qo‘yidagi vazifalarni qo‘ygan: MOMIH tashkiloti mintaqasida kapital bozorlarini rivojlantirish uchun mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish hamda barqaror iqtisodiy rivojlanish maqsadida innovatsiyalar va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashni moliyalashtirish.

“O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozoriga yangi dasturiy-texnik infratuzilma yechimlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 38 million aholiga ega, Internet qamrovi (31 million kishi), mobil Internet (29,5 million kishi) kengayib borayotgan, kapital bozori hajmi o‘sib borayotgan mamlakat sifatida, mamlakat kapital bozoriga dasturiy-texnologik yechimlarni tatbiq etishni jadallashtirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi”, – dedi o‘z nutqida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari Davron Maqsudov.

Turli sessiyalarda MOMIH tashkiloti kapital bozori landshaftini o‘rganish natijalari va CMRF uchun taklif qilingan yo‘l xaritasi, ABMI ning kapital bozorlarini rivojlantirish uchun mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha saboqlari, samarali mintaqaviy hamkorlik uchun kapital bozorlari infratuzilmasidagi innovatsiyalar muhokama qilindi.