logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari “2024 yil trendlari” O‘zbekiston sotuvchilari forumi ochilishida so‘zga chiqdi

17.02.2024
1961

“2024 yil trendlari” O‘zbekiston sotuvchilari forumini O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak kirish so‘zi bilan ochib berdi.

“Elektron tijorat O‘zbekiston iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan segmentlaridan biridir. Regulyator sifatida bizning ustuvor vazifamiz uning rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat.

Bugungi tadbirda ishtirok etish biz uchun bozor ishtirokchilari, ularning orzu-intilishlari va muammolarini tinglash, sohaning rivojlanish tendensiyalari bilan tanishish uchun yaxshi imkoniyat.

Agentligimiz O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqishga doimo tayyor”, — ta’kidlab o‘tdi Vyacheslav Pak.

Forumda soha mutaxassislari, Uzum Market marketpleys rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda. Forum Jahon banki, O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Kapitalbank” ko‘magida tashkil etildi.

Forum davomida top-sellerlar foydali maslahatlar va keyslar bilan o‘rtoqlashadilar, “Kapitalbank” vakillari biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy vositalar haqida so‘zlaydilar, tahliliy xizmatlar rahbarlari ishtirokchilarga o‘z ishini ma’lumotlar asosida qurishda yordam beradilar, ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar esa marketpleysda mahsulot assortimentini kengaytirish va rivojlantirish haqida fikr bildiradilar.