logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari «Fintex, banklar va riteyl» III Xalqaro PLAS-forumida ishtirok etdilar

22.06.2023
1207

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari «Fintex, banklar va riteyl» III Xalqaro PLAS-forumida ishtirok etdilar.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak «Kriptosanoat. Holati, trendlar, prognozlar. Aktivlarni va fintex platformalarni tokenizatsiya qilish, taqsimlangan ma’lumotlar reyestri. Blokcheyn» sessiyasini kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u kripto-aktivlar sohasi O‘zbekistonda istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lib, kelajakda iqtisodiyotning yangi tarmog‘iga aylanajagini ta’kidlab o‘tdi.

Sessiya davomida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi. Xususan, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi sho‘basi («Tartibga solish qumdoni») mudiri Kamronbek Muhammadiyev sessiya ishtirokchilarini kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solishning normativ-huquqiy bazasi, Agentlik faoliyati, jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va o‘rganish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriya va “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishi bilan tanishtirib o‘tdi.

«CryptoMag» kripto-do‘koni vakili Nargiza Miralimova kripto-do‘kon tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, O‘zbekistonda kripto-sohada biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, banklar, Agentlik bilan o‘zaro hamkorlik va mijozlar bilan ishlashni tashkil etish haqida gapirib berdi.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijasida rasmiy bozor ishtirokchilari soni kengayib, joriy oyda ularning qatoriga birinchi rasmiy kripto-depozitariy qo‘shildi, litsenziyalash tizimini yangilash va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlarni to‘lash tizimini joriy etish natijasida budjetga qo‘shimcha jami 6,5 milliard so‘m mablag‘ jalb etildi.

Sessiya ishtirokchilarida O‘zbekiston tajribasi katta qiziqish uyg‘otdi, kripto-aktivlar aylanmasining turli jihatlari bo‘yicha qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi va kripto-sanoatni tartibga solishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.