logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari “Chamber of Commerce in Uzbekistan” ning oylik yig‘ilishida ishtirok etdilar

04.04.2024
1387

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) vakillari “American Chamber of Commerce in Uzbekistan”ning O‘zbekistondagi savdo va investitsiya imkoniyatlariga bag‘ishlangan “Kapital bozori panel muhokamasi” («Capital Markets Panel Discussion») oylik yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda “Toshkent” RFB raisi Georgiy Paresishvili, “Avesta Investment Group” investitsiya kompaniyasi hamkori Karen Srapionov, TBC Bank Group PLC  katta maslahatchisi Otar Sharikadze so‘zga chiqdilar.

Tadbirning ochilish qismida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak qo‘yidagilarni ta’kidladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz kapital bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, maxkur sohaning investitsiyalarni jalb etishdagi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni e’tirof etilmoqda.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda kapital bozori samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar meyoriy-huquqiy bazani mustahkamlash, korporativ boshqaruv amaliyotini takomillashtirish, investorlarni himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish va bozor likvidligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oldi”.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda kapital bozorini tartibga solish sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar, yechimni taqozo etayotgan muammolar, shuningdek, bu boradagi yaqin rejalar va istiqbollarni muhokama qildilar. Ma’ruzachilar xorijiy investorlar uchun mahalliy kapital bozorining investitsion jozibadorligini oshirish, “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining o‘ziga xos jihatlari, investorlar va emitentlarni rag‘batlantirish tizimlaridan foydalanish, shuningdek, sohadagi innovatsiyalarni, jumladan, moliyaviy texnologiyalarni rag‘batlantirish haqida so‘z yuritdilar.