logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik va AHMM o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risidagi “Yo‘l xarita”si imzolandi

14.08.2024
1402

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak va Astana xalqaro moliya markazining Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qo‘mitasi (AHXM) bosh direktori N.Kushimov hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risidagi “Yo‘l xarita”sini imzolashdi.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar qimmatli qog‘ozlar bozori, sug‘urta va kripto-aktivlar aylanmasining samaradorligini oshirish, qimmatli qog‘ozlar (aktivlarni boshqarish, brokerlik xizmatlari) va kriptoaktivlar bozoriga soddalashgan to‘siqsiz kiritish, hamda birgalikdagi tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimlar (“tartibga soluvchi qumdonlar”) qo‘llashda tajriba almashish va innovatsion yechimlarni sinab ko‘rishda hamkorlik qiladi.

“Ko‘p tomonlama kun tartibidagi tartibga soluvchilar o‘rtasidagi hamkorlik rahbarlar darajasidagi kelishuvlarga mos keluvchi muhim jihatlardan biridir. Hamjihat sa’y-harakatlar faqat tajriba va bilimlarni almashish imkonini bermasdan, balki moliyaviy bozorlarning tezkor rivojlanishi uchun asos yaratadi. Imzolangan Yo‘l xaritasi kapital bozori va kriptoaktivlar aylanmasida innovatsiyalar va barqaror o‘sishning yangi sathlarini uchun keng imkoniyatlar ochuvchi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning navbatdagi qadamidir” – deb ta’kidladi Vyacheslav Pak.

Agentlik va AHXM, shuningdek O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan AHXM maydonchasi orqali aksiyalarni, depozitar varaqalarni, qarz qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan “yashil” obligatsiyalarni va sukuk (islom qimmatli qog‘ozlari)ni chiqarish va joylashtirish, shuningdek IPO o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ham hamkorlik qilishadi.

Shu bilan birga, tomonlar kapital bozori, sug‘urta bozori va kriptoaktivlar bozorini huquqiy tartibga solish hamda rivojlantirish sohasidagi tajriba almashish maqsadida o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish ustida birgalikda ishlashadi.

Ma’lumot uchun: Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qo‘mitasi (Astana Financial Services Authority, AFSA) – AHXMning mustaqil tartibga soluvchi organidir. Qozog‘iston Respublikasining “Astana Xalqaro Moliya Markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq ta’sis etilgan AHXM mustaqil tartibga soluvchi organi bo‘lib, u AHXM doirasida moliyaviy xizmatlar va ularga bog‘liq faoliyatni tartibga soladi.

AHXM qo‘mitasining maqsadi moliyaviy tizimning xavfsizligi va ishonchliligini qo‘llab-quvvatlash orqali biznesga ko‘maklashish hamda AHXM moliyaviy bozorlarining adolatliligi, samaradorligi va shaffofligini ta’minlashdir. AHXM qo‘mitasining tartibga solish doirasiga bank, sug‘urta, kapital bozorlari, islom moliyasi, moliyaviy texnologiyalar hamda qo‘shimcha xizmatlar sohasidagi moliyaviy va bozor xizmatlari kiradi.