logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik rahbariyati qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

08.09.2023
1560

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, direktor o‘rinbosari Davron Maqsudovlar brokerlik tashkilotlari faoliyatidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari bilan uchrashdi.

«Agentligimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, har qanday byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, sohada yuzaga kelayotgan muammolarga tezkorlik bilan javob berish tarafdori. Bugungi uchrashuvimizdan maqsad yangi tartibga soluvchi tashkilot sifatida sizlarning muammolaringizni bevosita o‘zingizdan eshitish va ularni bartaraf etish, — dedi Vyacheslav Pak ishtirokchilarga murojaat qilar ekan. – Biz muloqotga ochiqmiz, har biringiz bilan uchrashishga, muammo va takliflaringizni tinglashga doim tayyormiz».

Muhokamada brokerlik tashkilotlari vakillari faol ishtirok etib, kapital bozori infratuzilmasini yaxshilash, qonunchilikni takomillashtirish, mijozlarni bozorga jalb qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqish, ish jarayonini raqamlashtirishni jadallashtirish va hokazolar bo‘yicha o‘z muammolarini bildirdilar.