logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

AGENTLIK DIREKTORINING O‘RINBOSARLARI TAYINLANDI

30.05.2022
1248

Pak Vyacheslav Yuryevich joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Vyacheslav Pak 1980 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toshkent davlat moliya institutini tamomlagan.

2003-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ishlagan.

2006 yildan 2017 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimida turli rahbar lavozimlarda ishlagan.

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

2019 yil yanvardan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2016 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

 

Maksudov Davron Sanjarxodjayevich joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davron Maksudov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (bakaravriat 2003 y, magistratura 2005 y.).

U o‘z mehnat faoliyatini 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida yetakchi ilmiy xodimi lavozimida boshlagan.

2007-2009 yillarda Adliya vazirligining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

2009-2012 yillari O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalarining yuridik xizmatlarida rahbar lavozimlarda ishlagan.

2012-2014 yillarda “O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlariga ko‘maklashish” loyihasida huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert bo‘lgan. 

2014 yildan 2017 yilgacha Enter Engineering Pte Ltd Kompaniyasi (Singapur) yuriskonsulti.

2017-2018 yillar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida turli lavozimlarida ishlagan. 

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan.

2019 yil yanvardan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.