Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabrik

09.05.2024
3228

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi barcha yurtdoshlarimizni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etadi.

Vatanimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, bu yo‘lda mehnat qilgan nuroniylarimizni e’zozlash, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barchamizning vazifamizdir.

Aziz nuroniy otaxon va onaxonlarimiz! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz. Doimo hayotimizga fayz berib, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lib yurishingizga tilakdoshmiz.