O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
9 may – Xotira va qadrlash kuni ajdodlarimizni xotirlash, keksalarni e’zozlash, nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan.
Xotira va qadrlash kuni arafasida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti fahriylari, nuroniylar xolidan xabar oldilar.
Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish, bu yo‘lda mehnat qilgan nuroniylarimizni e’zozlash barchamizning vazifamizdir.
Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimiz va aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! Tinchlik, mustahkam sog‘lik va uzoq umr tilaymiz!
Idoraviy mansub tashkilotlar