Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

09.12.2022
2171

2022 yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari ishtirokida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Agentlik xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ushbu sohada qabul qilingan xalqaro
va milliy normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan xodimlarda murosasiz munosabatni shakllantirish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi va o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.