Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

27.06.2024
2405

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizning olijanob, mas’uliyatli faoliyatingiz fuqarolarimizning so‘z erkinligi, ishonchli va xolis axborot olish huquqini ta’minlamoqda. Hukumat ochiqlik siyosatini amalga oshirishda, respublika aholisi bilan samarali muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirishda sizning o‘rningiz beqiyos.

Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.