Yangiliklar
2022 yil 9 noyabr kuni INATBA HMOning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2022 yil 9 noyabr kuni Ishonchli blokcheyn-ilovalari xalqaro assotsiatsiyasi (International Association of Trusted Blockchain Applications, keyingi o‘rinda – INATBA) Hukumat maslahat organini (keyingi o‘rinda – HMO)ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining mazkur tashkilotning yangi a’zosi sifatida rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish doirasida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari, Pak Vyacheslav Yuryevich, Agentlik faoliyati haqida, O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma’ruza bilan qatnashdi.
Agentlik tomonidan, milliy tajribaga asoslangan holda, kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solishning yagona mexanizmi va yondashuvini muhokama qilish va ishlab chiqish maqsadida quiydagi savollarni kelajakdagi INATBA HMO dasturlariga kiritish taklifi berildi:
- kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona buxgalteriya hisobi metodologiyasini ishlab chiqish;
- davlat boshqaruvi tizimida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn) texnologiyasini joriy etishning yagona standartini ishlab chiqish;
- Iqtisodiy faoliyat turlarining xalqaro tasniflagichiga (IFUT) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi faoliyat turlarini qo‘shish maqsadida unga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqish taklifi.