logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10.12.2022
1348

Bugun xalqimiz tarixiy voqea bo‘lgan mustaqil O‘zbekistonning Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlamoqda.

Agentlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. So‘ng Agentlik direktorining o‘rinbosari D. Maqsudov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga davlat madhiyasi va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Davlat madhiyasi bir qator tadbirlarda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish vaqtda — qasamyod qabul qilganidan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sessiyalarining va Oliy Majlis Senatining yalpi majlislarining ochilishi va yopilishi chog‘ida, O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlar va majlislarning ochilishi chog‘ida, rasmiy safar bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chog‘ida — tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib bo‘linganidan keyin ijro etilishi belgilangan.

Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.