Faoliyat

Xalqaro hamkorlik

Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
- kriptoaktivlar muomalasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
- jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
- xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
- xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston manfaatlarini ifodalaydi va belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq vakolatli tashkilotlar, shuningdek boshqa davlatlarning ilmiy muassasalari bilan kriptovalyutalar muomalasi, kripto-aktivlar va ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi.