logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirish bo‘yicha “Sug‘urta servis” mobil ilovasi ishga tushirildi

27.09.2023
2042

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan hamkorlikda yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi xabarlarni onlayn yuborish va ko‘rib chiqish uchun “Sug‘urta servis” mobil ilovasini ishga tushirdi.

Endilikda transport vositalari egalari ichki ishlar xodimlari ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan fotosuratlar va zarur hujjatlarning elektron shakllantirib, yo‘l-transport xodisasi to‘g‘risida onlayn xabarnoma rasmiylashtirishi va sug‘urta kompaniyasiga yuborishi orqali yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi mumkin. Ushbu imkoniyat yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari tomonidan xabarnomalarni shuningdek, sug‘urta da’volariga oid arizalarni berish va ko‘rib chiqish tartibini, sezilarli darajada soddalashtiradi.

Onlayn xabarnomaning afzalliklari:

- vaqtni tejash

- ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz xabarnomani elektron rasmiylashtirish

- baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda tirbandlikni kamaytirish

- qog‘oz hujjat aylanishi hajmining qisqarishi

- ichki ishlar xodimlarining samaradorligini oshirish

- sug‘urta tovonini olish tartibini soddalashtirish

Barcha harakatlar va xabardor qilish bosqichlari yagona mobil ilovaning foydalanuvchisi shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi. Sug‘urta kompaniyalari arizalarni 15 kun ichida ko‘rib chiqadi va to‘lovni to‘lash, asosli rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilganligi haqida xabar beradi.

Ilova qulay interfeys va oddiy navigatsiyaga ega. Ilovani App Store ва Google Play platformasida yuklab olishingiz mumkin.

“Sug‘urta Servis” mobil ilovasida bildirishnoma yaratish haqida video ko‘rsatma.