logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

YETTB delegatsiyasi bilan uchrashuv

14.02.2023
1212

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) direktori o‘rinbosari – Markaziy Osiyo moliya institutlari departamenti boshlig‘i J.Shamsiyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

YETTB delegatsiyasi tarkibida maslahatchilar V.Berezin, Y.Rodina, D.Alekseychenko va O.Tkachevalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari V.Pak hamda mas’ul xodimlari Agentlik faoliyati, uning asosiy vazifalari, funksiya va vakolatlari, shuningdek, kripto-aktivlar muomalasi sohasini O‘zbekiston Respublikasida rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Tomonlar, shuningdek, kripto-bozorni tartibga solish xususiyatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar, kripto-aktivlar aylanmasini huquqiy tartibga solishda yondashuvlarni uyg‘unlashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi, bu esa o‘z navbatida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi integratsiyani osonlashtirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Agentlik va YETTB o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ikki tomonlama uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi yuzasidan o‘zaro fikrga kelishdilar.