Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Xalqaro volontyorlik dasturlariga bag‘ishlangan ochiq uchrashuv

18.06.2026
43

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida "Yoshlar kuni" munosabati bilan xalqaro volontyorlik dasturlari imkoniyatlariga bag‘ishlangan ochiq suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar UN Volunteers, AIESEC kabi xalqaro volontyorlik dasturlarining faoliyati, ularda ishtirok etish shartlari, tanlov jarayonlari hamda yoshlar uchun taqdim etiladigan ta’lim, kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida xalqaro loyihalarda ishtirok etish tajribasi, turli mamlakatlarda amalga oshirilayotgan volontyorlik tashabbuslari hamda mazkur dasturlarda ishtirok etish orqali muloqot ko‘nikmalari, jamoada ishlash va liderlik salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning xalqaro hamkorlik dasturlari haqidagi xabardorligini oshirish, ularni ijtimoiy faollikka jalb etish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.