Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

VIII Astana Finance Days forumi

05.09.2025
1538

“O‘zbekiston tajribasi shuni tasdiqlaydiki, mintaqaviy hamkorlik mavhum maqsad emas, balki amaliy rivojlanish vositasidir. Kapital bozorlarini integratsiyalash, tartibga solish yondashuvlarini uyg‘unlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish orqali biz barqaror o‘sish, sarmoyalarni jalb qilish va iqtisodiyotimizga ishonchni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratamiz.

O‘zbekiston bundan keyin ham integratsiyani chuqurlashtirish, barqaror moliyalashtirishni rivojlantirish va standartlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarda faol ishtirok etishga tayyor. Biz hamkorlikka raqobat sifatida emas, balki butun Yevroosiyo mintaqasi uchun yangi istiqbollarni ochuvchi sheriklik sifatida qaraymiz”, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari Orifjon Fayziyev Astana Finance Days 2025 forumidagi nutqida.

VIII «Astana Finance Days (AFD) 2025: Kapital kelajakni shakllantiradi» forumi 2025 yilning 4–5 sentabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Bu Ostona xalqaro moliya markazi tomonidan har yili o‘tkaziladigan xalqaro forumdir.

VIII AFD Forumi 70 dan ortiq davlatdan 5000 dan ortiq ishtirokchilarni – davlat idoralari vakillari, xorijiy investorlar, moliyaviy tahlilchilar, huquqshunoslar, tadbirkorlar, olimlar va jurnalistlarni jamladi.

Forum moliya, barqaror rivojlanish va raqamli iqtisodiyot sohasidagi asosiy tendensiyalarni muhokama qilish, shuningdek, strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sarmoyaviy bitimlar tuzish, tajriba almashish va mintaqaviy va jahon bozorlarida yangi yechimlarni ilgari surish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, forumda kapital bozorlarini chuqurroq integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun tartibga solish yondashuvlarini uyg‘unlashtirish, bozorlarga transchegaraviy kirishni kengaytirish va standartlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan joriy va istiqboldagi tashabbuslar masalalari ko‘rib chiqildi.