O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi!
Mard va jasur harbiy xizmatchilarimiz, hamkasblarimiz va dovyurak Vatan himoyachilariga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz. Vatanga xizmat qilishdek olijanob vazifangizda mardlik, matonat va sabr-toqat hamrohingiz bo‘lsin.
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va mas’uliyatli xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Vatanimizda hamisha tinchlik va farovonlik hukm sursin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Idoraviy mansub tashkilotlar