Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

"UMRC SPV" MChJ ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida "Tartibga solish qumdoni" ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi

22.09.2025
190

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) “UMRC SPV” MCHJni ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

“UMRC SPV” MCHJ “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi”AJ (Kompaniya) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati – O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalari chiqarish hisoblanadi.

Tashkilotning ro‘yxatdan o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmoni va unga ilova qilingan “2025 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan muhim amaliy chora hisoblanadi.

“UMRC SPV”MCHJning asosiy vazifasi tijorat banklaridan ipoteka kreditlari jamlanmalarini balansiga qabul qilish va ipoteka kreditlari jamlanmalari ta’minoti ostida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hisoblanadi.